O‘zbekiston bo‘ylab uch holatda hokim yordamchilari ushlandi

O‘zbekiston bo‘ylab uch holatda hokim yordamchilari ushlandi

Andijon va Sirdaryo viloyatlarida hokim yordamchilarining imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlik holatlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda "U.T." va "Q.A." MCHJlarning mas’ul shaxslari, "Qayirma" MFY hokim yordamchisi va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqarolarga issiqxona faoliyatini kengaytirish maqsadida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larini xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan amalda bajarilmagan ishlarni hujjatlarda bajarildi deb ko‘rsatib, 442,3 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Departamentning Mirzaobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "Toshkent" MFY sobiq hokim yordamchisi va boshqalar o‘zaro til biriktirib, mazkur MFYda yashovchi 8 nafar fuqaroga ajratilgan 248 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini ta’minotchi korxonalar orqali talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Andijon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "L.A." MCHJ rahbari A.K. va “Forobiy” MFY sobiq hokim yordamchisi o‘zaro til biriktirib, fuqarolarga ajratilgan 163 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гинн