O‘zbekiston bo‘ylab bir qator yo‘nalishdagi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

O‘zbekiston bo‘ylab bir qator yo‘nalishdagi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ xabariga ko‘ra, temir yo‘l izlarini ta’mirlash va modernizasiya qilish rejasi asosida "Alatun — Neguz" temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi ko‘prikda modernizasiya ishlari olib borilishi sabab bir qator yo‘lovchi poyezdlar harakati bekor qilinadi va harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi.

24-25 noyabr kuni 80-sonli "Toshkent — Termiz" poyezdi Toshkent bekatidan ikki reysga, 25-26 noyabr kuni 79-sonli "Termiz — Toshkent" poyezdi Termiz bekatidan ikki reysga qatnovi bekor bo‘lganligi sababli 681-sonli "Sariosiyo-Toshkent" poyezdida ham 25-26 noyabr kunlari ikkita reys amalga oshirilmaydi.

Ushbu yo‘nalishlar uchun rasmiylashtirilgan chiptalar puli to‘liq qiymatda qaytariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!