O‘zbekiston bo‘yicha 269ta radar o‘rnatish joylari savdoga chiqarildi

O‘zbekiston bo‘yicha 269ta radar o‘rnatish joylari savdoga chiqarildi

O‘zbekiston bo‘ylab yana 269ta radar va kamera o‘rnatish joylari kim oshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqida "E-Auksion" sahifasi xabar qilmoqda.
Sahifada xabar qilinishiga ko‘ra, savdoga qo‘yilgan joylardan Toshkent viloyatida -72ta, Toshkent shahrida - 13ta, Andijonda - 16ta, Buxoroda - 43ta, Jizzaxda - 23ta, Qashqadaryoda - 12ta, Navoiyda - 7ta, Samarqandda - 9ta, Sirdaryoda - 21ta, Farg‘onada - 17ta, Xorazmda -1ta, Qoraqalpog‘istonda - 29ta.
"E-Auksion" sahiffasida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, radar va kamera o‘rnatish joylarining eng qimmat boshlang‘ich narxi Toshkent viloyati Parkent tumanida - 25 mln. so‘m, Bekobodda - 11mln. so‘m va Bo‘ka tumanida - 9,8 mln so‘m. Eng arzonlari esa Qoraqalpog‘iston, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida - 735 ming so‘mdan.
Auksionga qo‘yilgan lotlar bo‘yicha arizalar qabul qilish muddati eng yangi lotlar bo‘yicha - 1 noyabrgacha, eng eskilari bo‘yicha 10 - oktyabrga qadar belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 4913-sonli prezident qaroriga muvofiq, 2021 yilning 1 martidan boshlab O‘zbekistonda tadbirkorlarga radar va kameralar o‘rnatishga ruxsat berilgan. Ushbu qarorga muvofiq 2021-2022 yillarda respublika bo‘yicha jami 3 356 ta intellektual videokameralar hamda 763 ta stasionar radarlar o‘rnatish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!