O‘zbekiston bosh vazirining matbuot xizmati xodimi “Ozodlik” tarqatgan xabarga raddiya berdi

O‘zbekiston bosh vazirining matbuot xizmati xodimi “Ozodlik” tarqatgan xabarga raddiya berdi

"“Ozodlik” radiosi boshlovchisiga ko‘ra, go‘yoki men “sobiq hokimning xorijga qochishga uringan payt Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolingani haqidagi xabarlarni rad etib chiqqan ekanman”.

Boshlovchining bu iddaosi asossiz va haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilaman.

Gap shundaki, 16 yanvar kuni telegram kanallarda sobiq hokimning aeroportda yurgan videosi hamda Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida sobiq hokim Bosh vazir Abdulla Aripovning ortida turgani aks etgan surat bir vaqtda tarqaldi. E’tibor bering: surat tarqaldi.

Telegram kanalimda ushbu suratga izoh berdim. Ya’ni, izohda surat so‘ziga alohida urg‘u berib (ikki marta surat deganman), surat aeroportning uchib kelish zalida 14 yanvar kuni soat 00:54 da olinganini aytib, tarmoq foydalanuvchilaridan provokasiyaga berilmasliklarini so‘raganman. Postda shu kuni tarqalgan xabarlar yuzasidan hech qanday gap aytilmagan.

“Ozodlik” radiosi va boshqa muayyan manbalar esa bu postimni bir yoqlama va noto‘g‘ri talqin qilmoqda.

Tarmoq foydalanuvchilari va keng auditoriyaga rasmiy manbaga tayanishlarini, jurnalist hamda blogerlarga esa xabar tarqatishda xolis bo‘lishlari kerakligini eslatib o‘taman."


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!