O‘zbekiston birinchi chorakda 12 ming tonnadan ziyod parranda go‘shti import qildi

O‘zbekiston birinchi chorakda 12 ming tonnadan ziyod parranda go‘shti import qildi

Joriy yil yanvar – mart oylarida O‘zbekiston dunyoning 14 mamlakatidan 12,4 million AQSh dollari miqdorida 11,7 ming tonna parranda go‘shtini import qildi. Bu haqida “Dunyo” AA muxbiri ma’lum qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayangan ushbu ma’lumotga ko‘ra, parranda go‘shtini import qilish hajmi o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 1,1 ming tonnaga oshgan.

O‘zbekiston parranda go‘shtini Polsha (3,3 ming tonna), Turkiya (2,7 ming tonna), Rossiya (1,7 ming tonna), Belgiya (1,6 ming tonna), AQSh (828,5 tonna), Litva (484 tonna), Niderlandiya (428 tonna) va Germaniyadan (261 tonna) xarid qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!