O‘zbekiston aholisi 2035 yilga borib 45 mln kishidan oshishi kutilmoqda

O‘zbekiston aholisi 2035 yilga borib 45 mln kishidan oshishi kutilmoqda

Xususan, 2035 yilgacha respublikada yillik tug‘ilishlar soni o‘rtacha 900-950 ming kishini tashkil qiladi.

Shuningdek, 2035-yilga borib, 7-17 yosh oralig‘idagi bolalar soni 9737,4 ming nafarni tashkil etadi. Bu esa maktablarda qo‘shimcha 8,2 mln o‘quvchi o‘rnini yaratishni talab qiladi.

Bundan tashqari, aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi 2035 yilgacha har yili 5-5,3 foizdan oshishi kutilmoqda.

Aholi va iqtisosiyotning o‘sib borayotgan talabini qondirish uchun 2030 yilgacha energiya quvvatini mavjud darajagacha nisbatan 1,7 baravarga oshirish talab qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!