O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida otishma sodir bo‘lgani rost(mi)?

O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida otishma sodir bo‘lgani rost(mi)?

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston manbalariga tayanib, go‘yoki 2022-yil 4-mayga o‘tar kechasi O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida otishma sodir bo‘lgani, uning oqibatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, tarqatilgan xabarlar umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chegarada vaziyat osoyishtaligicha qolmoqda, janubiy sarhadlarni qo‘riqlash odatdagi tartibda olib borilayotir.

Afg‘oniston Muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid ham turli internet nashrlarida paydo bo‘lgan maqolalarni yolg‘on va asossiz deb atadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ommaviy axborot vositalaridan jurnalist etikasiga qat’iy rioya qilishga, o‘z manbalarida noto‘g‘ri va tekshirilmagan ma’lumotlarni joylashtirishdan saqlanishga chorlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!