O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qanday testlar majburiy topshiriladi?

O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qanday testlar majburiy topshiriladi?

Uzbekistan Airports O‘zbekistonga uchib kelish va O‘zbekistondan uchib ketish vaqti aeroportlarida koronavirusga qanday testlar topshirilishi haqida yana bir bor eslatib o‘tdi. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan yilning 25 dekabrdan boshlab xorijdan kelayotgan shaxslardan antigen ekspress test olish tartibi majburiy o‘rnatilgan.

Maxsus komissiya ko‘rsatmasi bo‘yicha aeroportdan uchib ketish vaqtida PZR testi, O‘zbekistonga uchib kelganda esa antigen ekspress testini olish tartibi o‘rnatilganini ma’lum qilamiz, - deyigan xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, PZR testining manfiy natijasi to‘g‘risidagi tahlil natijalari mavjudligidan qat’iy nazar, yo‘lovchilar o‘z hisobidan xalqaro aeroportlarimizning chegara punkti hududida ekspress test topshirishlari kerak.

Toshkent xalqaro aeroportida ekspress test narxi 95 ming so‘m, talabalar uchun 50 ming so‘m miqdorida belgilangan. Ekspress-test tahlil natijalari 15 daqiqa ichida aniqlanadi va pasportlarga shtrix kodlarini qo‘yish orqali tasdiqlanadi.

Ma’lumot uchun, 2020 yil 25 dekabrdan 2021 yil 13 yanvarga qadar Toshkent aeroportida 26 mingdan ziyod yo‘lovchidan antigen ekspress testi olingan. Shu kungacha koronavirus aniqlangan 43 yo‘lovchi shifoxonalarga joylashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!