O‘zbekiston 140chi davlat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi

O‘zbekiston 140chi davlat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi

AQShning Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Sent-Vinsent va Grenadin orollari o‘rtasida diplomatik munosabatlari o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunike imzolandi.

Hujjat mamlakatlar hukumatlari nomidan ularning BMTdagi doimiy vakillari, Baxtiyor Ibragimov hamda Inga Ronga King tomonidan imzolandi.

Qayd etilishicha, mazkur hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning Karib dengizi havzasi mamlakatlari bilan hamkorligini faollashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Sent-Vinsent va Grenadin orollari Karib dengizi havzasining g‘arbiy qismida joylashgan davlat hisoblanadi. Mamlakat BMT faoliyatida faol ishtirok etib keladi, 2020-2021 yillarda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi, 2018-2019 yillarda esa tashkilotning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi raisi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!