Uzbekistan Airways parvoz davomida amal qiladigan qoidalar borasida yana bir eslatma berdi

Uzbekistan Airways parvoz davomida amal qiladigan qoidalar borasida yana bir eslatma berdi

 Uzbekistan Airways aviakompaniyasi COVID-19 tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashish sharoitida parvoz davomidagi bir qator xatti-harakatlarga doir qoidalar borasida eslatma berdi.

·        butun parvoz davomida yo‘lovchilar og‘iz va burunni to‘liq yopib turuvchi niqobda bo‘lishlari lozim (2 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari);

·        qo‘l yuki sifatida samolyot sahniga ayollar sumkasi, portfel, noutbuk, bolalar uchun kerak bo‘ladigan ashyolar solingan sumkani olib chiqish mumkin. Boshqa barcha narsalar qatnovga ro‘yxatdan o‘tilayotgan vaqtda bagajga topshirilishi shart;

·        havo kemasiga chiqarish ijtimoiy masofa saqlagan holda amalga oshiriladi;

·        agar yo‘lovchi parvoz davomida o‘zini yomon his qilsa (isitma, yo‘tal, tumov va boshqalar) zudlik bilan bortkuzatuvchilarni chaqirish tugmasini bosishi kerak.  

·        parvoz davomida havo kemasi sahnida harakatlanishdan tiyilish tavsiya etiladi. Hojatxonaga tashrif buyurish uchun uning bo‘shligiga ishonch hosil qilish maqsadida yorug‘lik tablosiga e’tibor qaratish lozim.

Havo kemasidan tushish ham, xuddi unga chiqqandek, ijtimoiy masofaga amal qilgan holda amalga oshiriladi.

Suv, quloqchinlar, ozik,-ovqat vositalari , shuningdek biznes klass uchun yo‘l va bolalar to‘plamlari alohida o‘ramlarda beriladi. Kosher taomlardan tashqari boshqa maxsus taomlarga oldindan buyurtma berish mumkin. Bort jurnallari va matbuot nashrlari vaqtincha bo‘lmaydi.

“Agar ilgari ko‘rsatilayotgan xizmatlardan birortasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmay qolsa, buning uchun uzr so‘raymiz. Epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan, to‘liq servis xizmatlarini ko‘rsatishga qaytamiz”, deyiladi aviakompaniya eslatmasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!