"Uzbekistan Airports" parvozlarni kuzatish uchun telegram botni ishga tushirdi

"Uzbekistan Airports" parvozlarni kuzatish uchun telegram botni ishga tushirdi

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida test rejimida ishga tushirilgan @UzairportsBot Telegram boti real vaqt rejimida barcha xalqaro va ichki reyslar, shuningdek, jadvaldagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib boradi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Botni ishga tushirgan har bir foydalanuvchi mavjud ro‘yxatdan aeroport, terminal, uchib ketish yoki uchib kelish va o‘ziga kerakli yo‘nalishni tanlashi mumkin. Shundan so‘ng, bot uchish vaqti, reys raqami, parvoz holati va yo‘nalishi, tashuvchi aviakompaniya va ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlarni ko‘rsatadi.

Ta’kidlanishicha, yaqin kelajakda botning funksiyalari yana kengaytirilishi rejalashtirilmoqda. Parvozlar holatining o‘zgarganligi, poytaxt aeroporti terminallari o‘rtasida qatnovchi avtobuslar jadvali, shuningdek, yuqori darajadagi komfort zallari uchun masofaviy to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati joriy qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!