O‘zbek-tojik chegarasida "omikron" tufayli nazorat kuchaytirildi

O‘zbek-tojik chegarasida "omikron" tufayli nazorat kuchaytirildi

O‘zbekistonda koronavirusning “omikron” shtammi aniqlangani sabab o‘zbek-tojik chegarasidagi nazorat kuchaytirilmoqda. Bu haqda Tojikistonning Sug‘d viloyati sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari o‘rinbosari Majnun Oripov ma’lum qildi.

Oripov ta’kidlashicha, endilikda O‘zbekiston hududiga kirayotgan har bir kishi PZR testini topshirishi shart.

"Hozirgi kunda Konibodamdagi "Patar", Mastchi tumanidagi Fotehobod, Panjikentdagi Sarazm, shuningdek, "Xo‘jand" xalqaro aeroportida tibbiyot xodimlari kechayu kunduz navbatchilik qilmoqda", - dedi Oripov.

Nazorat-o‘tkazish punktlarida PZR tekshiruvi bepul. Shunday bo‘lsa-da, O‘zbekiston Tojikiston fuqarolaridan barcha nazorat punktlarida ushbu turdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi uchun 110-120 ming so‘m (120-130 somoni) olayotgani aytib o‘tilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekistonga kiruvchi barcha fuqarolar kasallik tarqalishining oldini olish uchun 2 hafta davomida uy karantinida bo‘lishlari kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!