O‘zbek tilida tahsil olgan abituriyent rus tili guruhiga hujjat topshira oladimi?

O‘zbek tilida tahsil olgan abituriyent rus tili guruhiga hujjat topshira oladimi?

Ha, topshira oladi.

Ko‘pchilik abituriyentlarni qiziqtiradigan yana bir savollardan biri, o‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’limni o‘zbek tilida (yoki rus) olgan abituriyent OTMning rus tili guruhiga (yoki o‘zbek) hujjat topshira oladimi yoki yo‘qmi degan savoldir.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, O‘zbekistonda test sinovlari uch tilda — o‘zbek, rus, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.

Nizomda o‘zbek (yoki rus) tillarida o‘qigan abituriyent OTMning rus (yoki o‘zbek) tilidagi yo‘nalishiga hujjat topshira olmasligi haqida birorta taqiq yo‘q.

Demak, bundan xulosa qilish mumkinki, o‘zbek tilida tahsil olgan abituriyent bemalol rus tilida test sinovlari topshira oladi (yoki aksincha).
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!