O‘zbek olimlari ishlab chiqqan koronavirus vaksinasi JSST ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbek olimlari ishlab chiqqan koronavirus vaksinasi JSST ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi mutaxassislari koronavirusga qarshi ishlab chiqqan vaksinalar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining nomzod vaksinalar ro‘yxatiga kiritildi. 

Innovasion rivojlanish vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur ikki vaksina hozirda klinik oldi sinovlaridan o‘tmoqda.

JSSTning ma’lumotlar bazasi COVID-19 vaksinasiga qarshi vaksina-nomzodlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarni yig‘ib boradi. Mazkur baza muntazam ravishda – haftasiga ikki marta yangilanadi. Unda COVID-19ga qarshi nomzod-vaksinalarning klinik va klinik oldi jadvali keltirilgan bo‘lib, nomzod-vaksinalarni tahlil qilish imkoniyatini beradi. Har bir vaksinaning 1-faza, 2-faza va 3-faza sinovlari kuzatiladi. Vaksinalarning xavfsizligi va samaradorligi to‘g‘risidagi ilmiy maqolalarga havolalar beriladi. 

Shuningdek, bu baza har bir nomzod-vaksinaning asosiy xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida mazkur platforma orqali COVID-19 qarshi yaratilayotgan vaksinalar turli mezonlar, xususan, vaksina platformasi, vaksinasiya grafigi, qo‘llash usuli, ishlab chiqaruvchisi, sinov fazasi, klinik natijalar bo‘yicha tasniflangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!