O‘zbek chegarachilari tomonidan otib qo‘yilgan qirg‘izistonliklar ota va uning ikki o‘g‘li ekanligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbek chegarachilari tomonidan otib qo‘yilgan qirg‘izistonliklar ota va uning ikki o‘g‘li ekanligi ma’lum bo‘ldi

Qirg‘iziston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari chegarada sodir bo‘lgan voqeani muhokama qilishdi. Eslatib o‘tamiz, o‘zbek chegarachilarining qurol qo‘llashi oqibatida Qirg‘iziston Respublikasining uch nafar fuqarosi halok bo‘lgan edi.

Qirg‘iziston Respublikasi TIV xabariga ko‘ra, tomonlar chegara hududida salbiy oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlik asosida qirg‘iz-o‘zbek hamkorligini mustahkamlash va kengaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar zarurligini ta’kidladi.

Ma’lum bo‘lishicha, favqulodda vaziyat vaqtida bir oila a’zolari - 48 yoshli erkak va uning 24 va 22 yoshli ikki o‘g‘li halok bo‘lgan.

Hodisa Jalolobod viloyati Ala-Buka tumani Aktam qishloq fuqarolar yig‘inining Doboqo‘rg‘on massivida sodir bo‘lgan. Uch nafar qirg‘izistonlik o‘qdan jarohat olgan, ular Ala-Buka tumanidagi shifoxonaga yetkazilgan. O‘sha yerda hushlariga kelmay vafot etganlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!