O‘zAvtomotors tavsiyalari: Avtomobilni jaziramadan qanday saqlash mumkin?

O‘zAvtomotors tavsiyalari: Avtomobilni jaziramadan qanday saqlash mumkin?

Yozning issiq kunida kuzatilayotgan (havo haroratining me’yoridan ortiq) anomal isishi avtomobil egalaridan o‘zlariga, shu bilan birga avtomobillariga ehtiyot bo‘lishlari hamda g‘amxo‘rlik qilishlarini talab qiladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ostida bo‘lgan avtomobilda harorat 100 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Yuqori darajali harorat va quyoshning ultrabinafsha nurlaridan avtomobil oynasining muhrlari, fara va chiroqlarning qopqoqlari, asboblar paneli, ichki qoplamalar, tashqi qoplamaning plastik qismlari qiziydi, xiralashadi, yoriladi va buziladi.

Bunday noxushliklarning oldini olish hamda avtomobilni quyosh nuridan himoya qilish uchun qanday ko‘rsatma va tavsiyalarga rioya qilish kerak?

O‘ZINGIZ VA YAQINLARINGIZNI JAZIRAMADAN ASRANG!

Eng avvalo, haddan tashqari qizib ketgan avtomobilda o‘zingiz va yo‘lovchilar uzoq vaqt qolib ketishiga yo‘l qo‘ymang. Avtomobilga o‘tirishingiz zahoti uni harakatlantirishga shoshilmang – yaxshisi, oynalarni oching va dvigatelni ishga tushirib, bir necha daqiqa kutib turing. Mazkur qoida, ayniqsa, to‘q rangli avtomobil egalari uchun juda muhimdir!

UNUTMANG!

Jaziramada avtomobil saloni bir necha daqiqa ichida nihoyatda yuqori haroratgacha qiziydi.

Fojiali hodisaning oldini olish uchun hech qachon bolalar, qariyalar va hayvonlarni avtomobil salonida, hatto oynalari ochiq bo‘lgan taqdirda ham qarovsiz qoldirmang.

Yaqinlaringizni asrang!

AVTOMOBILNI TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI TUSHADIGAN QUYOSh NURIDAN HIMOYa QILING!

Tabiiyki, eng yaxshi yo‘l bu – avtomobilni yopiq avtoturargohlarda yoki soya joyda qoldirishdir. Ammo hamma ham bunday imkoniyatga ega yemas, albatta.

Bunday vaziyatda old oyna uchun quyoshdan himoyalovchi ekran sotib oling (himoyalovchi ekran bozorlarda 10 000 so‘m turadi) va iloji boricha oynalarni yoping: bu choralarning barchasi salon qizib ketishining oldini oladi, uning plastik va rezina elementlarini deformasiyadan himoyalaydi.

Agar, siz mashinangizni uzoq vaqt ko‘chada qoldiradigan bo‘lsangiz – unda avomobilning maxsus chexolini sotib oling, u sizga yozin qishin xizmat qiladi. Keltirib o‘tilgan vositalar bo‘lmagan taqdirda, avtomobilni quyoshga teskari, old va yon oynalariga quyosh nuri tushmaydigan qilib qo‘ying.

Avtomobilning quyosh nurida ko‘p qolib ketishi, haqiqiy rangining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

AVTOMOBILINGIZ SUYUQLIK DARAJASINI KUZATIB BORING!

Bu oyna tozalovchi, moy, freon va boshqa shu kabi suyuqliklarga taalluqli. Yozda dvigatel nagruskasi haddan tashqari ortadi va uni yetarli miqdorda motor moyi bilan ta’minlash nihoyatda muhim. Yozning issiq kunlarida avtomobildan intensiv foydalanish bilan yog‘ni tez-tez almashtirish kerakligini unutmagan holda, uni vaqti-vaqti bilan bajarishga harakat qiling. Radiatorga disterlangan suv emas maxsus antifriz quyish kerakligini yodda tuting. Yoz mavsumida tormoz suyuqligini muntazam ravishda o‘zgartirib turing, shu bilan birga sizga taqdim etilgan servis kitobidagi tavsiyalarga amal qiling.

YOQILG‘INI TO‘LA TO‘LDIRMANG!

Haddan tashqari issiqda, yonilg‘ini yoqilg‘i baki to‘lguncha to‘ldirmang. Harorat ko‘tarilganda yoqilg‘i kengayib, bakdan to‘kilishi mumkin. To‘kilgan yoqilg‘i avtomobil ranggiga yoki korpusning korroziyaga qarshi himoya qilish (antikorozyon) qoplamalariga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, oqib to‘kilgan yoqilg‘i atrof-muhitga zarar yetkazadi va hattoki, yoqilg‘i yonib ketishi ham mumkin.

SHINALARNI TO‘G‘RI TANLANG.

Qishki shinalarni yozgisi almashtiring. Asfaltning issig‘ida ular yemirilib, yo‘lda harakatlanish uchun tavsiya qilinmaydi. Yozgi shinalar qattiqligining xususiyatlari bor. Chunki issiq havo haroratida rezinalar yumshashi mumkin. Shuni unutmangki, judayam yuqori haroratda asfalt qizib yumshaydi. Yozgi shinalar xavfsiz tozmorlash uchun maxsus protektorga ega bo‘lib, yo‘lda suvdan himoya qilish va yoqilg‘ini tejash imkonini beradi.

ZINHOR BUYUMLARNI AVTOMOBILDA QOLDIRMANG!

Yoz mavsumida avtomobilingiz salonida gazli ichimliklar, tibbiy buyumlar va dori vositalari, shuningdek, quyoshdan himoyalovchi kremlar, ko‘zoynaklar, tur xildagi suyuqliklar hamda balonchiklarni, ayniqsa elektron qurilmalarni saqlamang. Yozning jazirama issig‘ida avtomobil salonida qoldirilgan eng oddiy buyum ham xavfli hisoblanadi.

QUYOSh NURIDAN KO‘ZINGIZNI ASRANG!

Quyosh nuri haydovchining ko‘rish qobiliyatini pasaytirib, bir necha soniyalar ichida yo‘lda noxush hodisani keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, sizga quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklarni tavsiya qilamiz. Ular yo‘l-transport hodisasi sodir etilishining oldini oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!