UzAuto Motors kecha Farg‘onada sodir bo‘lgan YTH yuzasidan munosabat bildirdi

UzAuto Motors kecha Farg‘onada sodir bo‘lgan YTH yuzasidan munosabat bildirdi

Kecha telegram kanallarda UzAuto Motorsning Xorazm filiali tomonidan ishlab chiqarilgan Chevrolet Damas avtomobillari ortilgan avtotreyler ishtirokidagi YTH sodir etilgan video tarqaldi.


Treylerdagi avtomobillar Farg‘ona viloyatidagi dilerlik markaziga yetkazib berilishi kerak edi. Treyler A-373 Toshkent-O‘sh yo‘lining Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Mehnatobod posyolkasi hududida harakatlanib ketayotganda, orqadan harakatlanib kelgan MAN rusumli yuk mashinasi (samosval) yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan, oraliq masofani saqlamasligi oqibatida orqa tomondan kelib urilgan. Natijada treylerga ortilgan 9 ta Damas avtomobillaridan 5 tasi texnik shikastlangan.

Ayni paytda, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tergov natijalariga ko‘ra, g‘isht ortilgan yuk mashinasining haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgan hamda nazoratni yo‘qotib yo‘l transport hodisasini (YTH) sodir etgan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuz bergan hodisa natijasida hech kimga zarar yetmagan. Avtotreyler haydovchisi jabrlanmagan. Barcha tashilgan avtomobillar sug‘urtalangan bo‘lib, yetkazilgan zarar sug‘urta kompaniyasi hisobidan qoplanadi. Yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishlari hamda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz. Bu bilan nafaqat o‘zingiz, balki atrofingizdagilarning xavfsizligini ham ta’minlagan bo‘lasiz!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!