"UzAuto Motors" avtomobil uchun to‘lovni komissiyasiz — 0%da amalga oshirish bo‘yicha muhim ma’lumotni taqdim etdi

"UzAuto Motors" avtomobil uchun to‘lovni komissiyasiz — 0%da amalga oshirish bo‘yicha muhim ma’lumotni taqdim etdi

"UzAuto Motors" kompaniyasi SAP tizimida MUNIS bilan bog‘lovchi tizimni ishga tushirgan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Endilikda, avtomobil uchun to‘lovingiz aniq ko‘rinishda, mutlaqo xatolarsiz kompaniya hisob raqamiga tushishi kafolatlanadi. Buning uchun sizdan faqatgina MUNIS tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirishingizni so‘raymiz.

Quyida keltirilgan banklar ro‘yxati Sizga avtomobil uchun to‘lovlarni komissiya haqi olinmay o‘tkazish imkoniyatini yaratib beradi.

1."Asakabank" AJ

2. "Kapitalbank" ATB

3. "InfinBank" ATB

4. "Ipoteka-bank" ATIB

5. "Mikrokreditbank" ATB

6. "Asia Alliance bank" ATB

7. "Turon bank" ATB

8. "Trastbank" XAB

9. "Milliy bank" AJ

10. "Hamkor bank" ATB

11. "Oriyent finans" XATB

12. "Turkiston" XATB

13. "Tenge bank" ATB

14. "Universal bank" ATB

15. "Ziraat Bank Uzbekistan" AJ

16. "Poytaxt bank" AJ

17. "Davr bank" XATB

Bundan tashqari, tijorat bank va boshqa mobil ilovalar orqali ham avtomobil uchun to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: MUNIS tizimi orqali avtomobilga to‘lovni KOMISSIYASIZ amalga oshirish mumkin!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!