O‘z qarzini so‘rab, kaltak yegan yigit

O‘z qarzini so‘rab, kaltak yegan yigit

2022 yil 25 sentyabr kuni Yozyovon tumani Oqshom ko‘chasida yashovchi 21 yoshli U.X. Farg‘ona viloyati IIBning «102» raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, unda shu kuni soat 00:30 larda uning tanishi 22 yoshli YO.J.dan bo‘lgan 400.000 so‘m qarzdorligini qaytarib berishini so‘ragan vaqtida u o‘zining tanishlari Farg‘ona shahar Yakkatut ko‘chasida yashovchi 32 yoshli E.SH., 30 yoshli Q.J. va 20 yoshli X.X.lari bilan uni Farg‘ona shahar Qirguli mavzesidagi sanoat zonasiga olib borishib, uning hayoti va sog‘lig‘iga zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishib, yonida bo‘lgan 57.000 so‘m pullarni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib, noma’lum tomonga qochib ketishganligini ma’lum qilib, YO.J. va boshqalarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan YO.J., ye.SH., Q.J. va X.X.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi «a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!