O‘z farzandini 5 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

O‘z farzandini 5 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha Ellikqal’a tuman sudida joriy yil oktyabr oyida ko‘rib chiqilgan jinoyat ishi tafsilotlarini ma’lum qildi.

Keltirilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va Beruniy tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 2021-yil 27-aprel kuni soat 18:00larda N.D o‘zining voyaga yetmagan farzandi ya’ni 2020-yil 27-sentyabr kuni tug‘ilgan o‘g‘lini sotib moddiy boylik orttirishni ko‘zlab, Beruniy tumani hududi, To‘rtko‘l tumanida yashovchi A.S ismli fuqaro bilan uchrashgan.

Unga o‘zining voyaga yetmagan o‘g‘il farzandini 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pul evaziga sotishga kelishib, Ellikqal’a tumani Sarabiy OFY hududida ushbu kelishilgan pullardan 3 500 AQSh dollari va ATB Mikrokreditbankiga tegishli ichida 15 mln. 700 000 so‘m miqdoridagi pullari bor bo‘lgan plastik kartasi jami 52 mln. 553 285 so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur ish yuzasidan olib borilgan sud muhokamasida, sudlanuvchi N.D.ning oilaviy ahvoli va sharoitlari o‘rganilganida u ikki nafar farzandi bilan ijarada yashab kelayotgani, bugungi kunda homilador ekanligi aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, Sud sudlanuvchining ko‘rsatmalari va mazkur holatlarni inobatga olib, insonparvarlik prinsipiga amal qilgan holda, unga nisbatan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlab, 2 yil shartli hukm qo‘llashni lozim topgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!