Uyqusizlikdan xalos bo‘lish yo‘li oson

Uyqusizlikdan xalos bo‘lish yo‘li oson

Yoqutxon Majidova,
Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh nevrologi, tibbiyot fanlari doktori, professor:

Jismoniy faollik, xususan, sport bilan muntazam shug‘ullanish uyqusizlikdan xalos bo‘lishda katta yordam beradi.

Biroq bunday mashg‘ulotlarni uxlash oldidan bajarmaslik maqsadga muvofiq.

Shu bilan birga, kunning ikkinchi yarmida tarkibida kofein bo‘lgan har qanday mahsulotni iste’mol qilish, uxlashdan avval esa qahva yoki achchiq choy ichish mutlaqo mumkin emas.

Buning o‘rniga, yotishdan 5-10 daqiqa oldin tinchlantiruvchi mashqlar bajarish, sokin musiqa tinglash va iliq vanna qabul qilish uxlashga yordam beradi.

Biroq shifokor ko‘rsatmasi bo‘lmasa, zinhor uxlatuvchi dorilarni qabul qilish kerak emas.

Eng muhimi, bir vaqtda uyquga yotib, bir vaqtda uyg‘onishga harakat qilish lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!