Uy sharoitida bolalarning bo‘yi normal o‘sishi uchun nima qilish kerak?

Uy sharoitida bolalarning bo‘yi normal o‘sishi uchun nima qilish kerak?

Nasiba Alimova,
tibbiyot fanlari nomzodi:

— Farzandingizning bo‘yi me’yorida bo‘lishi uchun sport mashqlariga e’tibor qarating. Sakrash, turnikda osilish, voleybol, basketbol sport turlariga jalb qiling. Bola jismoniy faollik bilan band bo‘lsa, unda ochlik hissi paydo bo‘ladi. Bu esa o‘sish gormoni ko‘proq ishlab chiqilishini ta’minlaydi.

Taomnoma oqsilga boy mahsulotlar, sut-qatiq, go‘sht, tuxum, ko‘katlar hamda dukkakli mahsulotlarga boy bo‘lsa, bo‘y bilan bog‘liq muammolar ko‘p bezovta qilmaydi. Shuni unutmangki, har qanday kasallikning oldini olishning birinchi talabi bu sog‘lom turmush tarziga amal qilishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!