Uxanda tornado tufayli 6 kishi halok bo‘ldi, 218 kishi jarohat oldi

Uxanda tornado tufayli 6 kishi halok bo‘ldi, 218 kishi jarohat oldi

Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida yuz bergan tornado oqibatida olti kishi halok bo‘ldi va 218 kishi jarohat oldi. 

Ma’lum qilinishicha, Pekin vaqti bilan soat 20:39da Uxan atrofidagi Saydian hududida va Uxanning iqtisodiy rivojlanish zonasida Zunshan hududida tornado yuz berdi. Shamolning tezligi soniyasiga 23 metrga yetgan.

Avvalroq, olti kishi bedarak yo‘qolgani va 41 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida olti kishi halok bo‘lgan, 218 kishi jarohatlangan.

Shuningdek, 27 ta uy vayron bo‘lgan, 400 ta uy, ikkita minorali kran va vaqtinchalik inshootlar taxminan,  8 ming kvadrat metr maydon zarar ko‘rgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!