Uxan laboratoriyasi olimlari koronavirus haqidagi maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishdi

Uxan laboratoriyasi olimlari koronavirus haqidagi maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishdi

AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Stiv Bannon Uxan laboratoriyasi olimlari G‘arb razvedkasiga taslim bo‘lganliklarini va koronavirusning kelib chiqishi haqida ma’lumot almashishganini aytishdi. Ushbu ma’lumot tufayli G‘arb maxsus xizmatlari Xitoyga qarshi ayblovlar qo‘zg‘amoqda. Bu haqda The Daily Mirror xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi "defektorlar" AQShdagi FQB bilan birgalikda koronavirusning paydo bo‘lishi bo‘yicha ish qo‘zg‘ashga yordam berishmoqda.

"Ular hali ham ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilishmadi, ammo Uxan laboratoriyasi olimlari va G‘arbga kelgan boshqa odamlar Xitoy Kommunistik partiyasining aybdorligini isbotlaydilar. O‘ylashimcha, jamiyat shokka tushadi", – dedi Bannon.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh razvedkasida Pekinning aybdorligini isbotlovchi dalillar mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!