«Ustoz, Sizning aybingiz shuki...»

«Ustoz, Sizning aybingiz shuki...»

Sayyid Ahmad Rufoyi hazratlari Bag‘dod ustozlarining peshvolaridan edi. Bir kuni dars o‘tayotib shogirdlariga:

– Oralaringizda kimdir mening biror xato-nuqsonimni ko‘rsa, darhol menga xabar qilsin, vaqt o‘tkazmasdan xatomni to‘g‘rilab olay va u xatoni boshqa qaytarmayin, – dedi.

Biroq talabalar jim turishdi. Chunki ular buyuk ustozning hech bir aybini ko‘rmagan edilar. Oradan picha vaqt o‘tganidan so‘ng bir talab qo‘l ko‘tarib:

– Ustoz, men sizning katta kamchiligingizni sezib qoldim, – dedi.

O‘shani tez ayt, bolam, darhol uni tuzatishga harakat qilaman.

Talabaning ko‘zidan yosh oqib turib bunday dedi:

– Sizning eng katta nuqsoningiz shuki, shogirdlikka biz kabi gunohga botgan kimsalarni olgansiz.

Shu gapdan keyin hammayoq jim-jit bo‘lib qoldi. Keyin Ahmad Rufoiy hazratlari:

– O‘zining gunohkor ekanini chin qalbdan anglash darajasiga yetgan ana shu talabani o‘zimga o‘rinbosar etib tayinlayman, men bo‘lmagan vaqtlarimda darsni u o‘tadi. O‘zini gunohkor deb bilganlarga mening munosabatim shunday, – dedi.

Bundan ayon bo‘ladiki, o‘zining gunohkor banda ekanini chin qalbdan his qilgan talaba ustozining o‘rinbosari darajasiga yetisha olar ekan. Muhimi, inson o‘zining kamtarligida, xatolarini tan olishida mutlaqo samimiy bo‘lmog‘i darkor. Biz o‘zimizni qanday tasavvur qilamiz, ajabo!

 Muzaffarxon A’ZAM tarjimasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!