O‘smirlar nega tajovuzkor bo‘lib o‘smoqda?

O‘smirlar nega tajovuzkor bo‘lib o‘smoqda?

Ijtimoiy tarmoqda uch nafar tengdoshi tomonidan kaltaklanayotgan o‘quvchi videosi tarqaldi. Bu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini jiddiy xavotirga soldi. Mazkur holat 2 dekabr kuni Shayxontohur tumanidagi 254-umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida sodir bo‘lgan.

Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, maktabning 8-“B” sinf o‘quvchilari R.R., A.M., A.O., S.M. va A.K. sinfda o‘zaro joy talashib, bir-birini haqoratlagan.

Tanaffus vaqtida maktab binosining 3-qavat koridorida uch nafar o‘quvchi R.R., A.O., A.M. o‘quvchi A.K.ni urgan.

Mazkur holatni S.M. o‘quvchi R.R. bergan uyali telefon apparatiga videotasvirga olgan. Ushbu tasvirga olingan videoni R.R. ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Xalq ta’limi vazirining Nazorat-huquqiy xizmati xodimlari aralashuvi bilan mazkur holatga Shayxontohur tuman IIO FMB inspektori jalb etildi. Maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasida surishtiruv ishlari olib borildi. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar R.R., A.O. va A.M. ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi tartibida chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Shayxontohur tumani Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasida ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Shayxontohur tumani Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasi mazkur ishni o‘rganib chiqdi va 5 dekabr kuni yuqorida nomlari ko‘rsatib o‘tilgan o‘quvchilarning ota-onalari R.M., K.M., O.T. va M.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga binoan jarima jazosi tayinlandi.

Shu bilan birga, R.M.ni onalik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritiladi. Voyaga yetmagan o‘quvchi R.R.ni ixtisoslashgan maxsus muassasaga joylashtirish bo‘yicha hujjatlar tayyorlash ishlari boshlangan.

Ammo...

Ammo faqat jazolash bilan ish bitib qoladimi?! Nega o‘smirlarimiz, yoshlarimiz badjahl, tajovuzkor va hatto ayrim hollarda yovuz bo‘lib ulg‘aymoqdalar? Buning asl ildizi qayerda? Kompyuter o‘yinlaridami? Yoki bema’ni serial va kinolardamikan? Ehtimol asl o‘zligimizdan – milliyligimizdan, dinimizdan uzoqlashib borayotganimizda emasmi? Axir Islomda nafaqat qo‘li, balki tili bilan ham boshqalarga ozor yetkazish mumkin emasligi bolalarimiz ongiga singdirib borsak nima yomonlik ko‘ramiz bundan? Bunaqa savollar ko‘p. Judayam ko‘p. Afsuski javob yo‘q! Javob beradigan tomon mudom jim. O‘z tengdoshilarining tajovuzidan umri bevaqt xazon bo‘layotgan yoshlarimiz, ularning bechora ota-onalari ko‘zida manguga muhrlanib qolgan savollardir bu!

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!