Ushbu hafta sovuq bo‘ladi – “O‘zgidromet”

Ushbu hafta sovuq bo‘ladi – “O‘zgidromet”

Ertaga O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi bundan mustasno.

So‘ng ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Faqat respublikaning janubi-sharqiy hududlarida, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 7-8 dekabr kunlari biroz qor yog‘adi.

Ba’zi joylarda kechasi 15-20° sovuq, kunduz kunlari 2-7° sovuqni tashkil etadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi, yo‘llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!