Urug‘-aymoqchilik: Boris Jonson ukasiga amal berdi
Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Boris Jonson ukasini vazir o‘rinbosari etib tayinladi.
Vazir o‘rinbosari
Jo Jonson akasining hukumatida biznes, energetika va sanoat strategiyasi vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. Bundan avval bosh vazirning ukasi Tereza Mey hukumati davrida transport vaziri o‘rinbosari bo‘lgandi.
Jo Jonson Meyning Breksit kelishuviga qarshi chiqishi ortidan noyabr oyida vazifasidan ozod etilgandi. Jo akasi bilan ham Breksit mavzusida farqli fikrlar borligi aytilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)