O‘rta tadbirkorlik sub’ektlari 10 oyda 20 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi
Shundan 352,7 mlrd so‘mi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2024 yil yanvar-oktyabr oylarida 19 206 ta o‘rta tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 20,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.
Shundan, 352,7 mlrd so‘mi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,5 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari 23,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.
TOP-20 o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari quyidagi infografikada batafsil keltirilgan.
Ular tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
QQS – 134,7 mlrd so‘m;
foyda solig‘i – 58,8 mlrd so‘m;
aksiz solig‘i - 55,5 mlrd so‘m;
JSHODS - 47,8 mlrd so‘m;
ijtimoiy soliq - 40,7 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 15,3 mlrd so‘m.ni tashkil etmoqda.