O‘rmonda tug‘ilgan chaqaloq o‘rmonga ko‘mildi. Qotil onasi bo‘lishi mumkin

O‘rmonda tug‘ilgan chaqaloq o‘rmonga ko‘mildi. Qotil onasi bo‘lishi mumkin

Smolenskda 41 yoshli ayol yangi tug‘ilgan qizini o‘ldirishda gumon qilinmoqda, deya xabar bermoqda "Smolensk" davlat teleradioeshittirish kompaniyasi "Rossiya 1" va "Rossiya 24" efirida.

O‘rmonda bir ayol bola tug‘ib, uni xalat bilan o‘ragan va kechqurun tashlab ketgan. Bir kun o‘tgach, ayol qizni ko‘mgan. Uning homiladorligi "yo‘qol"ganini sezganlar polisiyaga murojaat qilishdi, ayol aybini tan oldi.

"Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasining Smolensk viloyati bo‘yicha tergov organlari Roslavl viloyatining 41 yoshli fuqarosiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. U Jinoyat kodeksining 106-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinmoqda", dedi Smolensk viloyati Tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Natalya Zuyeva.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol va uning erining uchta voyaga yetmagan farzandi bor. Ular otasiga topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!