O‘rmon yong‘inlari tufayli iqlim rekord darajada isidi

2024 yil butun dunyo bo‘ylab avj olgan o‘rmon yong‘inlari atmosferadagi karbonat angidrid miqdorini rekord darajada oshirib yubordi. Yuzaga kelgan holat olimlarni hayratga solmoqda. Ma’lumotlar ko‘rsatadiki, insoniyat to‘yingan ekstremal ob-havo sharoitidan tashqari xavfli dunyoga chuqurroq kirib bormoqda.
Gavayidagi Mauna Loa rasadxonasida karbonat angidrid miqdori 3,6 million promill oshib, 427 ni tashkil etdi, deb yozgan “AzerTAJ”. Bu qazib olinadigan yonilg‘i keng miqyosda qo‘llanishi iqlim inqirozini keltirib chiqargunga qadar mavjud bo‘lgan 280 promill darajadan ancha yuqori. Keskin o‘sish o‘tgan yil rekord o‘rnatgan ko‘mir, neft va gazning doimiy emissiyasiga qo‘shimcha ravishda o‘rmonlar yonishi bilan bog‘liq.
Tabiiy El-Ninyo iqlim turkumi ham tropik hududlarda issiq va quruq sharoitni yuzaga keltirdi. Binobarin, mutaxassislar fikricha, El-Ninyosiz ham rekord o‘sish qayd etilishi mumkin edi.
2024 yil global o‘rtacha harorat yangi, rekord darajaga chiqdi. Natijada milliardlab odamga ta’sir ko‘rsatgan haddan ziyod issiqlik, bo‘ron va toshqin kuchaydi.
Hozirgi holat sayyoramiz harorati iqlim bo‘yicha Parij kelishuvida belgilangan, erishilishi lozim bo‘lgan maqsad sifatida kelishilgan 1,5°C darajadan oshib ketganini anglatadi.
– Bu yoqimsiz yangilik, – deydi Britaniya Met-ofisi professori Richard Bets. – Garchi, Parij me’yoriy maqsadiga erisha olmasak ham, ko‘tarilishni cheklash uchun imkon boricha harakat qilishimiz kerak. Hech qanday yangi ixtirosiz, allaqachon mavjud bo‘lgan ko‘plab yechimlar bor. Yuzaga kelgan vaziyat yanada ko‘proq ishlashimiz uchun qo‘shimcha turtki berishi zarur.
May oyida “The Guardian” nashri iqlim bo‘yicha ko‘plab ekspertlarga tayanib, dunyo harorati 1,5°C chegarasidan ancha ko‘tarilishi kutilayotgani, buning sababi siyosiy harakatsizlik ekanini yozgandi.