Urganchda "Lada" va "Isuzu" to‘qnashdi

Urganchda "Lada" va "Isuzu" to‘qnashdi

Bugun, 2022 yil 12 may kuni soat 14:30 larda Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy-Sheroziy-G‘.G‘ulom ko‘chalari kesishgan chorrahada, haydovchi, 1949 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi "Lada-2194" rusumli hamda haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvida bo‘lgan "Isuzu" rusumli avtobus ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, avtobus yo‘lovchilari, 1961 yilda tug‘ilgan M.M. hamda 2000 yilda tug‘ilgan M.O‘.lar tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, "Lada-2194" rusumli avtomobil haydovchisi olgan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Urganch shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!