Urganch shahridagi Lounge kafesida yong‘in chiqdi

Urganch shahridagi Lounge kafesida yong‘in chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Urganch shahridagi Lounge kafesida yong‘in chiqdi. 19 sentyabr kuni Tinchlik ko‘chasida joylashgan Lounge kafesida yong‘in chiqqan. Uni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda" mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Joriy yilning 19 sentyabr kuni soat 09:00da Xorazm viloyati FVB Navbatchilik qismiga Urganch shahar K.Otaniyazov ko‘chasida joylashgan “Lounge” kafesida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Zudlik bilan voqea joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yo‘naltirildi. Sodir bo‘lgan yong‘inga soat 09:03 da yetib borilib, 09:08da o‘rab olinib, 09:33da o‘chirilgan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Tezkor surishtiruvlar natijasida kafe hududidagi omborxonaning 40 m.kv. maydonda tom qismi hamda qisman ichki jihozlari yonganligi ma’lum bo‘ldi. Yong‘indan qo‘shni binolarga zarar yetmagan. Yong‘in sodir bo‘lgan joygacha masofa 1 km.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!