Urganch shahrida fuqarolarning mablag‘larini qo‘lga kiritgan firibgarlar aniqlandi

Urganch shahrida fuqarolarning mablag‘larini qo‘lga kiritgan firibgarlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.X. va boshqalar, 34 nafar fuqaroni “L.N.” kompaniyasiga ishga taklif qilib, qisqa vaqt ichida katta miqdorda pul ishlab topishlariga hamda ushbu kompaniyadan bir martalik mahsulot va turli davlatlarga sayyohlik yo‘llanmalari sotib olish sharti bilan kompaniya a’zosi bo‘lishlariga ishontirib, aldov yo‘li bilan ularning 15 560 AQSh dollari va 85,5 mln so‘mini qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!