O‘qituvchilarning oylik maoshi sezilarli oshishi kutilmoqda

O‘qituvchilarning oylik maoshi sezilarli oshishi kutilmoqda

Xalqaro press-klubning “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan sessiyasida xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temurjon Komilov o‘qituvchilarning oylik maoshi haqida ma’lumot berdi.

Uning aytishicha, yaqin yillarga qadar o‘qituvchining oyligi juda kam bo‘lib, uning obro‘si ham tushib ketgan edi. Prezidentimizning e’tibori bilan bugun bu manzara ijobiy tomonga o‘zgargan.

Ta’kidlanishicha, 2016 yilda birinchi toifali o‘qituvchi 980 ming so‘m, direktor jamg‘armasi tomonidan to‘lanadigan rag‘batlantiruvchi mukofot bilan qo‘shganda esa qo‘liga 1 million 200 ming so‘mga yaqin pul olar edi. Joriy yildan bu toifadagi o‘qituvchilar soliqlardan tashqari 2 million 600 ming so‘m atrofida oylik olmoqda.

Prezidentimizning “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoni hamda oldindan rejalashtirilgan tartibga ko‘ra, o‘qituvchilarning oylik maoshida sezilarli o‘sish bo‘ladi. Endilikda oliy toifali o‘qituvchilar barcha ustamalar bilan 3,2 mln. so‘mgacha oylik maosh olishi belgilanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!