O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yangi tartib belgilandi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yangi tartib belgilandi

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga talabalar o‘qishini ko‘chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi (https://t.me/uzauz/1533):

1️⃣ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;

2️⃣ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Boshqa hollarda bir davlat OTMdan boshqasiga (hududidan qat’i nazar) o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Xorijdan va O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirishda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!