O‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi

O‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi

Buxoroda o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Natijada Buxoro davlat universiteti talabasi YU.SH. fuqaro B.ning qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi universitetidagi o‘qishini o‘zi ta’lim olayotgan universitetning jismoniy tarbiya fakultetiga ko‘chirtirib berish evaziga 22 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlandi. Tekshiruv davomida o‘z aybiga iqror bo‘lib qaytargan 5 million so‘mi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!