O‘qishga kiritish va ko‘chirtirib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

O‘qishga kiritish va ko‘chirtirib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.T. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi universitetlarning biriga ko‘chirib berishini aytib, aldov yo‘li bilan 2 400 AQSh dollari va 9 mln so‘mini qo‘lga kiritib, ularning diplom, attestat va fuqarolik pasportlarini yashirib yurganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!