O‘qishga kiritib qo‘yish va o‘qishni ko‘chirib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘qishga kiritib qo‘yish va o‘qishni ko‘chirib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.S. boshqa bir fuqaro F.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda Shirin shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.M. boshqa bir fuqaro S.ni qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetda o‘qiganligi to‘g‘risida hujjat tayyorlab, Guliston davlat universitetiga o‘qishini ko‘chirib berishi evaziga 1 500 AQSh dollari talab qilib, shundan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament hamda DXXning Bekobod shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro I.X. tanishlari yordamida boshqa bir fuqaro J.ning o‘qishini qo‘shni Tojikiston Respublikasidagi institutdan Toshkent moliya institutiga o‘tkazib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!