O‘qishga kiritib qo‘yish uchun 5000 dollar olgan firibgarlar ushlandi

O‘qishga kiritib qo‘yish uchun 5000 dollar olgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar D.I. va J.S. boshqa bir fuqaro G‘.M.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishlarini aytib, evaziga 5 000 AQSh dollarini firigarlik yo‘li bilan olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!