Uorren Baffet vorisi kim bo‘lishini aytdi

Uorren Baffet vorisi kim bo‘lishini aytdi

«Berkshire Hathaway» kompaniyasining rahbari, afsonaviy milliarder 90 yoshli Uorren Baffet o‘zi bilan biron kori hol sodir bo‘lgan taqdirda o‘rnini kompaniyaning nosug‘urtaviy amaliyotlar bo‘yicha vise-prezidenti Greg Abel egallashini ma’lum qildi deb xabar bermoqda CNBC kanali.

«Men bilan bugun kechqurun yoki ertaga tongda biron narsa sodir bo‘lgan taqdirda barcha ishlarim Gregga o‘tishiga direktorlar rozi. Abel bilan shunga o‘xshash voqea yuz bergan taqdirda uning vazifalari sug‘urta amaliyotlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 69 yoshli Ajit Jaynga o‘tadi», — dedi Baffet.

«Ikkalasi ham ajoyib yigitlar. Shunga qaramay, kimningdir 20 yillik uchish-qo‘nish tajribasiga egaligi muhim ahamiyatga ega», — dedi milliarder ilmoqli qilib.

Greg Abel — 1992 yildan, Ajit Jayn — 1986 yildan beri kompaniyada ishlaydi.

So‘nggi 15 yil davomida «Berkshire Hathaway»dagi vorislik masalasi ko‘plab mish-mishlarga sabab bo‘lib kelayotgandi. Uorren Baffet esa bu qarori bilan mish-mishlarga nuqta qo‘ydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!