Unni birja savdolariga chiqarmagan 5 ta xususiy korxona bug‘doy xarid qilish bo‘yicha birja savdolaridan chetlashtirildi

Unni birja savdolariga chiqarmagan 5 ta xususiy korxona bug‘doy xarid qilish bo‘yicha birja savdolaridan chetlashtirildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan "Tovar-xom ashyo birjasi” AJga ko‘rsatma bergan holda joriy yil iyul oyida un mahsulotini birja savdolariga chiqarmagan 5 ta xususiy korxona bug‘doy xarid qilish bo‘yicha birja savdolaridan chetlashtirildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 maydagi 120-son yig‘ilish bayoniga asosan joriy yil 1 iyundan boshlab, un mahsuloti realizasiya qilinishining bozor tamoyillariga asoslangan mexanizmi joriy qilinib, bu jarayonda shaffof tizim yaratish maqsadida un mahsulotini birja savdolari orqali sotilishi belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 maydagi PQ-262-son qaroriga muvofiq birja savdolarida bug‘doy xarid qilgan xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan ishlab chiqarilgan un mahsulotini grafik asosida birja savdolariga chiqarilishini ta’minlashi, o‘z vaqtida grafiklarni taqdim etmagan va un mahsulotini belgilangan muddatda birja savdolariga qo‘ymagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bug‘doy xaridi bo‘yicha birja savdolarida ishtirok etishni cheklash haqida ogohlantirilishi, ogohlantirishdan keyin ham mazkur kamchiliklarni bir ish kuni davomida bartaraf etmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni keyingi kun birja savdolaridan chetlatish belgilangan.

Shu bilan birga, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga birjadan xarid qilingan 3 va undan yuqori sinflardagi bug‘doydan chiqqan unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini bajarmagan xo‘jalik yurituvchi subektlarni bug‘doy bo‘yicha birja savdolarida ishtirok etishini cheklash bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJga ko‘rsatma berish vakolati berilgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida 6 ta korxona tomonidan un mahsulotini birja savdolariga qo‘yish bo‘yicha grafiklar taqdim etilmaganligi, 16 ta korxona tomonidan normaga nisbatan kam hajmda grafik tasdiqlanganligi va 2 ta korxona tomonidan grafik umuman bajarilmaganligi aniqlandi. Unni birja savdolariga chiqarmagan 5 ta xususiy korxona bug‘doy xarid qilish bo‘yicha birja savdolaridan chetlashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!