“Uning ma’shuqlaridan iborat xarami bor!” Mashhur balerina haqida hayratomuz dalil oshkor bo‘ldi

“Uning ma’shuqlaridan iborat xarami bor!” Mashhur balerina haqida hayratomuz dalil oshkor bo‘ldi

Dangalligi bilan tanilgan aktyor Nikita Jigurda jurnalistlar bilan muloqotda Anastasiya Volochkovaning shaxsiy hayoti haqidagi sirlarni oshkor etib, aslida uning qancha sevgilisi borligini ma’lum qildi.

Bu haqda "Siz bunga ishonmaysiz!" dasturi efirida xabar qilindi.

Nikita Jigurda va Anastasiya Volochkova - yaqin do‘stlar. Ular har doim bir-birlari bilan sirlarini bo‘lishishgan, shuning uchun aktyor shou-biznesdagi hamkasbi bilan "shaxsiy jabhada" nima sodir bo‘layotganini aniq biladi.

Balet yulduzining o‘zi esa bu yil turmushga chiqishini da’vo qilmoqda. Aytishlaricha, uning sevimli insoni bor.

Biroq Anastasiya Volochkova muxlislarining aksariyati uning so‘zlariga ishonishmayapti.

Otar Kushanashvili esa bu haqda ochiq gapirib, “Bularning barchasi uning atrofidagi yolg‘onlar. Siz uni ko‘rganmisiz? Volochkova singari ayollar hamisha e’tibor markazida bo‘lishni xohlashadi va sevimli insonlari borligini isbotlashga urunishadi. Uning  har doim haftasiga 17 ta kuyovi bo‘ladi. Lekin keyin yana sevgi bobida omadi yurishmaganligi bilan o‘zini oqlaydi”, deya ma’lum qildi.

Buni qarangki, yulduzning Nikita Jigurda kabi yaqin do‘sti ham ushbu mojaroga aralashdi va Anastasiya Volochkovaning aslida juda ko‘plab ma’shuqlari borligini ta’kilagan holda “Volochkova xuddi Kleopatraga o‘xshaydi. Uning ma’shuqlaridan iborat xarami bor!” deya qo‘shimcha qildi.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!