UNICEF Afg‘onistonda poliomiyelitga qarshi yangi emlash kampaniyasini boshladi

UNICEF Afg‘onistonda poliomiyelitga qarshi yangi emlash kampaniyasini boshladi

Tashkilot afg‘onlarni har bir bolani emlash uchun olib kelishga undaydi.

UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, qizamiqga qarshi emlashning so‘nggi bosqichi umuman muvaffaqiyatli bo‘lib, 5 hafta ichida 25 ta viloyatda 5 yoshgacha bo‘lgan 1,2 million bola ushbu emlashni olgan.

Ayni paytda Kunar viloyatida poliomiyelitdan o‘lim holati qayd etilgan: mahalliy Tolibon sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Muhammad Ishoq Sapay Etilaatroz Daray-Pich hududida 2 yoshli bola halok bo‘lganini aytdi. Bu so‘nggi 2,5 yil ichida mamlakat sharqidagi birinchi bunday holat.

🔸Dunyo aholisining 80% poliomiyelitdan xoli bo‘lgan hududlarda yashashiga qaramay, Afg‘oniston va Pokistonda bu xavfli muammo bo‘lib qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!