Umra qilayotganlar Saudiyada 30 kungacha qolishlari mumkin

Umra qilayotganlar Saudiyada 30 kungacha qolishlari mumkin

Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi boshqa mamlakatlardan umra ziyoratiga kelgan 18 yoshli va undan katta yoshdagi musulmonlar endi podshohlik hududida 30 kungacha qolishlari mumkinligini e’lon qildi.

O‘tgan yil oxirida umra ziyorati bosqichma-bosqich tiklanganidan so‘ng xorijlik ziyoratchilarga 10 kun qolishga ruxsat berilgan edi. So‘nggi haftalarda Saudiya Arabistoni virusga qarshi cheklovlarni yumshatib bormoqda.

Haj va umra vazirligining bildirishicha, Saudiya Arabistonida 30 kungacha qolmoqchi bo‘lgan xorijlik ziyoratchilar COVID-19 ga qarshi to‘liq emlangan bo‘lishi kerak.

Saudiyada tan olingan vaksinalar bilan emlangan ziyoratchilar umra amallarini karantinsiz bajarishi mumkin. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tasdiqlagan boshqa vaksinalar bilan emlanganlar esa uch kunlik karantinda bo‘ladi.

Karantindan so‘ng ular manfiy ko‘rsatkichli PZR testi natijasini ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi, shundan keyingina umra amallarini bajarishlariga ruxsat beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!