Ummon va Eron Hormuz bo‘g‘ozi masalasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi

Ummon va Eron Hormuz bo‘g‘ozi masalasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi

Bugun Maskatda Tehron va Vashington o‘rtasidagi keskinlashuv fonida Hormuz bo‘g‘ozida kema qatnovi, uning xavfsizligi va kema qatnovi erkinligi masalalarini muhokama qilish uchun Ummon-Eron muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Ummon Tashqi ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida ma’lum qildi.

Muzokaralarga Ummon tomonidan tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamed Al Busaidi, Eron tomonidan esa tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi boshchilik qildi.

"Tomonlar xalqaro huquqqa muvofiq zarur kelishuvlarga erishish maqsadida ushbu muzokaralarni texnik va siyosiy darajalarda davom ettirishga kelishib oldilar", deyiladi nashrda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол Хитой элчисини чақириб, Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон темир йўли лойиҳасини бошлашни таклиф қилган.