Ulug‘nor tumanida hamshiralarning pulini qo‘lga kiritgan koordinator aniqlandi

Ulug‘nor tumanida hamshiralarning pulini qo‘lga kiritgan koordinator aniqlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman tibbiyot birlashmasi koordinatori N.E. joriy yilning noyabr oyida birlashmaga qarashli oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarining 9 nafar xodimining ko‘rsatkich reyting ballari pastlab ketganligi, ularning reyting ballarini viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi orqali ko‘tarib berish evaziga jami 11,4 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!