Ukrainani tiklash uchun 1 trillion dollardan ortiq mablag‘ kerak — Zelenskiy

Ukrainani tiklash uchun 1 trillion dollardan ortiq mablag‘ kerak — Zelenskiy

Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi Bosh assambleyasiga Odessaning Expo 2030 ko‘rgazmasini o‘tkazish uchun arizasini taqdim etayotgan videomurojaatida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada hamkor davlatlarga viloyatlar, shaharlar yoki korxonalar ustidan "homiylik" olish imkonini beruvchi tizim ishlab chiqilmoqda.

"Biz allaqachon bu dasturga Fransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Germaniya, Daniya, Finlyandiya, Italiya, Turkiya, Polsha, Portugaliya, Chexiya, Sloveniya, Latviya, Estoniya, Shveysariya, Slovakiya, Avstriya, Gresiya, Kanada, AQSH, Yaponiya va Avstraliyaning qiziqishini ko‘rmoqdamiz. Va bu hali to‘liq ro‘yxat emas", — deydi Zelenskiy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!