Ukrainaga tank yetkazib berish Yevropani radioaktiv qabristonga aylantirishi mumkin

Ukrainaga tank yetkazib berish Yevropani radioaktiv qabristonga aylantirishi mumkin

Daily Mail sharhlovchisi Piter Xitchensning aytishicha, Ukrainaga tanklar yetkazib berilishi g‘arbiy Yevropani radioaktiv qabristonga aylantirishi mumkin.

Uning fikricha, bunday harakatlar Ukrainadagi vaziyatni yanada keskinlashtiradi va harbiy mojaroni uzaytiradi.

"Ukrainani zamonaviy tanklar bilan ta’minlash G‘arbning eng katta ahmoqligi", - deydi Xitchens.

U shuningdek, britaniyalik deputatlarni tanqid qildi va AQShning Ukraina mojarosi bo‘yicha siyosatiga amal qilish Buyuk Britaniya manfaatlariga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.

"Buning uchun Amerikaning qasos olishi bizni dahshat, yo‘qotish, qochish va qashshoqlik dunyosiga olib boradi, bu har doim urushdan keyin keladi", deya qo‘shimcha qildi sharhlovchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!