Ukrainaga jangovar dronlarni 1 dollar narxda taklif qilishmoqda, ammo yetkazib berish uchun 10 million dollar to‘lanishi kerak bo‘ladi

Ukrainaga jangovar dronlarni 1 dollar narxda taklif qilishmoqda, ammo yetkazib berish uchun 10 million dollar to‘lanishi kerak bo‘ladi

AQShning General Atomics qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Kiyevga Rossiyaning ehtimoliy hujumi oldidan yordam berish maqsadida Ukraina hukumatiga Reaper MQ-9 ikkita dronlarini bir dollardan taklif qilmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.

Shu bilan birga, Ukraina dronlarni tayyorlash va yetkazib berish uchun taxminan 10 million dollar, shuningdek, har yili texnik xizmat ko‘rsatish uchun taxminan 8 million dollar sarflashi kerak bo‘ladi.

Kelishuvni ma’qullashi kerak bo‘lgan tomonlar — Oq uy va Ukraina rasmiylari izoh berishdan bosh tortdi, deb yozadi gazeta.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!